QS World University Rankings 2025 natijalariga ko’ra Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti dunyoning TOP universitetlari reytingida 5-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Tabiiy geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muxriddin Avezov joriy yilning 7-19-dekabr kunlari Kembrij universiteti (Cambridge University) hamda uning baholash markazi (Cambridge University Press & Assessment)da bo‘lib, o‘quv dasturlari mazmunini va o‘quv maqsadlarini belgilash modellarini ishlab chiqish bo‘yicha stajirovkada o‘tadi.
OʻzMU dotsenti Kembrij universitetiga tashrif davomida u yerdagi hamkasblari tomonidan tashkil etilgan seminarlarda ham faol ishtirok etdi. Stajirovka davomida, M.Avezov tomonidan Kembrij universitetining ta’lim jarayoni va o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish metodikasi o‘rganildi. Ayniqsa, Kembrij universiteti professorlari hamda “Cambridge Press” nashriyoti mualliflari – Alison Borthwick, Stephen Burnage, Pete Robinson tomonidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida yordamchi trener sifatida ishtirok etdi, shuningdek, Kembrijning xalqaro o‘quv dasturlari menejeri Sarah Nelson tomonidan tashkil etilgan xalqaro o‘quv dasturlarni ishlab chiqishga doir seminarda qatnashdi.
Stajirovka yakunida Kembrij univerisitetining Qirollik kollejida O‘zMU dotsenti Muxriddin Avezovga nufuzli universitetining maxsus sertifikati topshirildi.