Kengashning asosiy masalalar qismida universitetda 2024-yil davomida ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy-xo‘jalik sohasida amalga oshirgan ishlar hamda ayni vaqtda tahsil olayotgan tayanch doktorant (doktorant) va mustaqil izlanuvchilar faoliyati monitoringi natijalari xususida axborot berildi.
Shuningdek, universitetda ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lashga oid tashkiliy ishlarni yanada takomillashtirish masalasi muhokama qilindi.
Mazkur universitet kengashida 4 nafar professor, 9 nafar dotsent ilmiy unvoniga talabgorlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan tasdiqdan o‘tdi.
Tarix fakulteti Amaliy etnologiya laboratoriyasining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisoboti va 2025-yil uchun ish rejasi haqida tegishli ma’sullarning axboroti tinglandi. Universitetda 2025-yilda tayyorlanadigan o‘quv-adabiyotlarning nashr rejasi bilan tanishildi.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlariga nashr guvohnomasini berish masalasi ko‘tarildi.
O‘zMU Axborot xizmati