16-dekabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti professor-o’qituvchilari Bratislavadagi Iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdi.
«Ekonometrika va iktisodiy modlellashtirish» kafedrasi mudiri dos. Sh.S. Nasretdinova hamda shu kafedraning aʼzolari PhD. G.S. Abdujalilova, Z.N. Shoraximova, A.Sh. Ikromovlar Bratislava iktisodiyot universitetining iqtisodiy informatika fakultetida bulib, Amaliy informatika kafedrasi faoliyati bilan tanishdilar.
Kafedra mudiri o’rinbosari dotsent Kultan Yaroslav ularni kafedrada tayyorlanadigan bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bilan, shuningdek, o’quv jarayonini tashkil etilishi bilan batafsil tanishtirdi.
Delegatsiya aʼzolari «Maʼlumotlar bazasi tizimlari» fani buyicha dotsent Kultan Yaroslav olib borgan mashg’ulotda ham qatnashib, dars jarayonini borishi va talabalarning mustaqil ishlarini taqdimot qilishlarini kuzatdilar.
Xalqaro aloqalar bo`limi