Joriy yilning 4-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining “Nanjing Xinyada Info-Tech” tashkiloti bosh ijrochi direktor janob Zeng Botao va vitse-prezident janob Zhang Ying Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy Universitetidan Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova, Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting boʻlimi boshligʻi Gulasal Rofiyeva hamda Taʼlim infrotuzilmasini transformatsiya qilish boʻlimi boshligʻi Nodir Narziyev ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida fakultetlar doirasida maʼlumotlarni raqamlashtirish, dars honalarini robotlashtirish hamda ikki tashkilot oʻrtasida informatika va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi hamda soha vakillari bilan takliflarni koʻrib chiqishga kelishib olindi.
Xalqaro aloqalar bo`limi