Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan O‘zMU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev talabalar bilan suhbatlashdi. Ularning muammolari, fikr-mulohazalari tingladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Ulug‘bek To‘xtayev boshchiligida fakultet yetakchilari va koordinatorlari, shuningdek, iqtidorli va tashabbuskor talaba-yoshlar o‘z g‘oyalari, taklif va loyihalari haqida fikr bildirishdi.

Yoshlar ishlari agentligi vakili talabalarning ushbu tashabbuslarini ma’qullab, ularni tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan zarur qo‘shimchalarni ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, joriy yilda yoshlar siyosati sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, yoshlarning takliflarni yuqori bo‘g‘indagi mas’ul va mutasaddilarga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘zMU Matbuot xizmati