Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

4-kurs talabalariga 27-yanvaridan pedagogik va malaka amaliyotlari boshlandi

O‘zbekiston Milliy universitetining 23 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari Toshkent shahridagi akademik litsey, texnikum va umumta’lim maktablarida pedagogik amaliyot o‘tashni boshlashdi. Mazkur amaliyotda talabalar pedagogik mahoratini oshirib, nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar.

Universitetining 25 ta kunduzgi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib sohaga oid tashkilotlarga malaka amaliyotini o‘tash uchun yuborildi.

Bunda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, shuningdek, kasbiy faoliyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mastahkamlash rejalashtirilgan.

Amaliyotlar davomida talabalarning muntazam qatnashishlarini nazorat qilish va sifatli tashkil etish maqsadida ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha universitetdan hamda tegishli tashkilotlardan amaliyot rahbarlari biriktirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, pedagogik amaliyot yanvar, fevral, mart oylari davomida bo‘lib o‘tadi.

 

O‘zMU Matbuot xizmati