So‘nggi kunlarda ob-havoning o‘zgarib turganligi va havo harorati o‘zgarishining o‘quv jarayonlariga ta’sirini bartaraf etish hamda energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida xo‘jalik bo‘limi mas’ullari tomonidan universitetning barcha o‘quv binolaridagi holat o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida Ijtimoiy fanlar, Tarix va O‘zbek filologiyasi fakultetlari o‘quv binolari isitish tizimining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, o‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallarida yetarli havo haroratining ta’minlanishi yuzasidan aniqlangan noqulayliklar joyida bartaraf etildi.
Binolarning kirish joylari, yo‘laklari, zinapoyalar, yerto‘la va chordoqlari ko‘zdan kechirilib, belgilangan texnik talablarga amal qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, ob-havoning o‘zgarishi holatlarida universitetning tegishli o‘quv binolarida mavjud auditoriya fondlaridan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida o‘quv jadvallari optimallashtirilmoqda.