Shu yilning 11-13-fevral kunlari Qarshi davlat universitetida kurash sport turi bo‘yicha “Universiada-2024” respublika musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 200 nafardan ortiq sportchi talabalar ishtirok etgan musobaqada o‘g‘il bolalar 7 ta, qizlar esa 8 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.
Muxlislarning tinimsiz olqishi va shiddatli lahzalar ostida o‘tgan musobaqada har bir qatnashchi o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va tajribasini namoyish etdi.
Quvonarlisi, shiddatli kechgan final boshqichida O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetining talabalari universitetimiz sharafini munosib himoya qilib, faxrli o‘rinlarni egallashdi.
Jumladan, 2-kurs talabasi Bunyod Jabborov (60 kg) 1-o‘rinni, 1-kurs talabasi Diyora Namozova (48 kg) esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari Venera Samandarova (52kg) hamda Shaxrizoda Amirqulovalar (78kg) ham bellashuvlarda munosib ishtirok etishdi.
Universitet jamoasi finalda g‘alaba qozongan va faol ishtirok etgan talabalarni, shuningdek, Taekvondo va sport faoliyati fakulteti o‘qituvchisi, murabbiy Amirxon Atanazarovni samimiy tabriklaydi.
O‘zMU Axborot xizmati