Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetida targ‘ibot va tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 19-fevral kuni Olmazor tumani “Ziyo” mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tuvchi ko‘chada sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Milliy universiteti yoshlar bilan ishlovchi tegishli mas’ullar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasining kelib chiqish sabablari hamda uni oldini olish choralari haqida batafsil tushuncha berildi. Kelgusida bunday ko‘ngilsiz holatlarni bartafar etish maqsadida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar uqtirildi.