Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU professor-o‘qituvchilari Fransiyaning Puatye universitetida ma’ruza o‘qib qaytdi

 

Shu yilning 17-22-fevral kunlari Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish kafedrasi mudiri, professor Nodira Latipova hamda Xorijiy filologiya fakulteti Fransuz filologiyasi kafedrasi dotsenti Nigina To‘xtasinovalar hamkorlik dasturi doirasida Fransiyadagi Puatye universitetida bo‘lishdi.

Puatye universitetining Milliy oliy professorlik va ta’lim instituti (INSPE) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zMU professor-o‘qituvchilari O‘zbekistonda maktab va universitetlarda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida batafsil ma’lumot berishdi.

Xorijiy mutaxassislar, olimlar bilan inklyuziya muammolari, inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi, o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati