Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli mas’ullar ishtirokida xorijiy talabalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv ayni shu g‘oya asosida tashkil qilinib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.
Mazkur davra suhbatida Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, Xorijiy talabalar bilan ishlash bilan bo‘lim boshlig‘i Ulug‘bek Oxundadayev, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shohnazar Gʻulomov va boshqa tegishli mas’ullar hamda xorijlik talabalar ishtirok etishdi.
Xorijiy talabalarning birinchi semestrdagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ayni vaqtdagi o‘qish jarayonlari, viza muddatlarinini uzaytirish va vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish kabi masalalar xususida ham so‘z bordi.
Bo‘lim boshlig‘i Shohnazar Gʻulomov oliy ta’lim tizimidagi korrupsion holatlar, ularning oldini olish va bartaraf etish, “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha batafsil tushuncha va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, Bo‘lim tarkibida tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish talaba yoshlar klubi”ning faoliyati, tashkil etilayotgan profilaktik tadbirlar, amalga oshirilayotgan boshqa tashabbuslar haqida ma’lumot berildi. Klub rahbari tadbir ishtirokchilariga tanishtirib o‘tildi.
Suhbat davomida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi talaba-qizlar muammoli ruhiy holatlar ro‘y bergan taqdirda universitet psixologi yoki vrachiga murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidladi.
Tadbir yakunida Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova talaba-qizlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, kelgusi o‘qishlariga muvaffaqiyat tiladi.
O‘zMU Axborot xizmati