Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Fizikaviy kimyo“ kafedrasi katta o‘qituvchisi Sardorbek Otajonov Kopengagen universitetida 3 oylik ilmiy stajirovka o‘tamoqda

 

O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetining “Fizikaviy kimyo“ kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Sardorbek Otajonov Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi ECAMPUZ («ECAMPUZ – European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology – ERASMUS-EDU-2022-CBHE») loyihasi doirasida Daniyaning Kopengagen universitetida (Top-100) 3 oylik ilmiy stajirovka o‘tamoqda.

Ushbu ilmiy tadqiqot safarining asosiy maqsadi oziq-ovqat tahlili va biotexnologiya yo‘nalishida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy ilmiy usullarni o‘zlashtirish hamda ushbu sohada innovatsion yondashuvlarni O‘zbekistonda tadbiq etishdan iborat.

Stajirovka davomida u oziq-ovqat tahlili laboratoriyasida ilmiy-tadqiqot olib borib, oziq-ovqat mahsulotlarini sifat va xavfsizlik nuqtayi nazaridan kompleks tahlil qilish, ilg‘or texnologiyalar asosida izlanishlar olib borish bilan shug‘ullanmoqda.

O’zMU Axborot xizmati