Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Tabiat va inson salomatligi mavzusi doirasida mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakultetida “Yangi Oʻzbekiston yosh fiziologlari” akademiyasining navbatdagi mashg‘uloti “Tabiat va inson salomatligi AQSH botanika bog‘lari misolida” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni akademik Bakriddin Zaripov va dotsent Anarjon Matkarimovalar olib bordilar. Mashg‘ulotda universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov va fakultet dekani Rustam Allaberdiyev kirish so‘zi qilib, O‘zbekistonda ekologik muhitni yaxshilash, yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda yosh olimlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishi muhimligini ta’kidladilar.

Akademik B.Zaripov AQSHdagi yetakchi botanika bog‘lari Pitssburg botanika bog‘i, Nyu-York botanika bog‘lari asosida o‘simliklarning havoni tozalash, stressni kamaytirish va immunitetni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish, ekologik ta’limni rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

O‘zMU Axborot xizmati