✅Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston Milliy universiteti ta’lim yo‘nalishlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish borasida bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilmoqda.
✅18 sentyabrda ishchi guruhning yig‘ilishida Germaniyaning ASIN xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish agentligi tomonidan taqdim etilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan “O‘z-o‘zini baholash”, “Modul” va “Kadr” hisobotlar oxirgi varianti ishchi guruh a’zolariga taqdim etildi.
✅Ishchi guruh tomonidan materiallar tahlil qilinib, ayrim punktlarni yanada takomillashtirib, ilk tahlil uchun ASINga topshirishga kelishib olindi. Barcha ma’lumotlarni ingliz tiliga tarjima qilish jarayoniga start berildi.

