Bugun, 22 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori Raima Shirinova Seulda bo‘lib o‘tayotgan Seoul ADEX 2025 xalqaro innovatsion ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

🔴 Bu xalqaro tadbirda ishlab chiqarishning barcha soha korxonalari o‘z mahsulotlari ko‘rgazmasini targ‘ib qildilar. Tadbir davomida B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🔴 Mazkur xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zMU va Koreyaning “TAEKYUNG ELECTRONICS Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

🔴 Unga asosan geologiya sohasida foydali qazilma konlarini izlashda masofaviy aniqlash usullarini o‘rgatish va talabalar amaliyotini mazkur korxonada tashkil etish, universitetning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi.

🔴 Mazkur hamkorlik ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi integratsiya jarayonini ta’minlashga xizmat qiladi.