⏺ Bugun, 28-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga Koreyaning Konkuk University professori Na Saxm Il tashrif buyurdi. Uchrashuv O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova olib bordi.
⏺ Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, kimyo va biologiya yo‘nalishlarida magistratura talabalarini akademik almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
⏺ Professor Na Saxm Il Konkuk Universityning O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikka qiziqishi yuqori ekanligini ta’kidlab, joriy yilning noyabr oyida universitet delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan kelishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
⏺ Shuningdek, ikki universitet o‘rtasida ilmiy tadqiqot va akademik mobillik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malaka oshirish dasturlariga jalb etish borasida ham fikr almashildi.
⏺ Uchrashuv yakunida tomonlar rasmiy delegatsiya tashrifiga oid tashkiliy masalalarni muhokama qilib, kelgusidagi amaliy hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.


