Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi vakillari Ispaniyaning Sevilya universitetida tashkil etilgan “International Staff Week” tadbirida ishtirok etishdi.

2026-yil 11–15 may kunlari Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti Rabiyeva M.G‘. hamda PhD, katta o‘qituvchi Mirsagatova P.A. Ispaniyaning Sevilya universitetida tashkil etilgan “International Staff Week” tadbirida ishtirok etishdi.
Tashrif davomida xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar va akademik muloqotlar tashkil etildi. Dastur doirasida oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro konferensiyalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
International Staff Week tadbiri doirasida ishtirokchilar uchun seminarlar, taqdimotlar va madaniy tadbirlar tashkil etildi. Dastur davomida turli davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish, xalqaro ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishish hamda universitetlar o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.