Madridda Cyber4CA loyihasi doirasida “Teaching Staff Training” tadbiriga start berildi.

   2026-yil 15-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) dasturi doirasida “Cyber4CA – Development of Innovative Graduate Educational Program in Cybersecurity for the Digital Labour Market of Central Asia” xalqaro loyihasi doirasida “Teaching Staff Training” haftaligi boshlandi. Mazkur trening Madrid Politexnika Universiteti (Universidad Politécnica de Madrid, UPM) huzuridagi UPM Higher Technical School of Engineering (ETSIT) bazasida 19-iyunga qadar davom etadi.

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Yevropa Ittifoqi hamkor davlatlari – Ispaniya, Italiya, Belgiya va Ruminiya universitetlari hamda tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

Trening davomida Markaziy Osiyo va Yevropa hamkor universitetlaridan ishtirok etayotgan vakillar kiberxavfsizlik ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish, magistratura kurslari mazmunini takomillashtirish, amaliy mashg‘ulotlar va innovatsion o‘qitish metodikalarini joriy etish hamda CyberLab laboratoriyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashadilar.

Trening yakunlari kiberxavfsizlik bo‘yicha yangi va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari, amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, ta’lim metodikalarini takomillashtirish hamda kiberxavfsizlik sohasida yetuk kadrlarni tayyorlashga qaratilgan kelgusi loyiha faoliyatlari uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.