O‘zbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumiga tantanali start berildi

Bugun 30-sentabr O‘zbekiston Milliy universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi 2026-yilgi ommaviy sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda universitet rahbariyati, fakultetlar dekanlari, professor-o‘qituvchilar, O‘zMU sport klubi jamoasi, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqalar davomida talabalar sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika va stritbol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar. Barcha ishtirokchilar 5tashabbus.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bellashuvlar belgilangan Nizom asosida o‘tkaziladi.