Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshiriladigan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, islohotlarni yoshlarga samarali yetib borishini ta’minlashga qaratilgan “Tengdoshdan-tengdoshga” mavzusidagi targ‘ibot tadbirida universitet professor-o‘qituvchilari, fakultetlar mas’ullari, tyutor va talabalar ishtirok etdi.

Mutaxasssislar tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi to‘g‘risida ham batafsil tushuntirish berib o‘tildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidan o‘rin olgan oliy talim tizimiga oid maqsadlar yo‘nalishi bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar tinglandi.

Tadbirda O‘zMU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jabbor Muxammadiyev, Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i No‘mon Muhammadiyev, boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Akbar Saydaxmedov, Universitet huquqshunosi Guli Yaxyayevalar tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidan o‘rin olgan oliy talim tizimiga oid maqsadlar yo‘nalishi bo‘yicha takliflar bildirildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti ishchi guruhi va “Targ‘ibot poyezdi” a’zolarining “Tengdoshdan tengdoshga” tamoyili asosida “Islohotlarga dahldorman” mavzusidagi chiqishlari qiziqarli va foydali o‘tdi.