Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Adiblar xiyobonida sport tadbirlari o‘tkazildi

Bugun, 26-mart kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlari ishtirokida sport tadbirlari tashkil etildi. 

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida arqon tortish, armrestling va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. 

Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.

O'zMU Axborot xizmati