Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Afyon Kocatepe Universiteti professori O‘zMUda

2022-yilning 2-fevral kuni Turkiya Respublikasining Afyon Kocatepe Universiteti professori Mustafa Karazevik O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida mehmon O‘zbekistonga kelib talabalarga dars berayotganligidan mamnunligini bildirib, Turkiyada har bir inson qalbida O‘zbekistonni kelib ko‘rishni istashini aytib o‘tdi. Shuningdek uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universitetiga Turkiyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha fikrlar almashinildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining qator sohalarda mustahkamlanishining yuqori dinamikasi fonida O‘zbekiston Milliy universitetining Turkiya universitetlari bilan aloqalarni yangi bosqichga chiqarishi mehmon tomonidan yuksak baholandi.

O‘zMU Axborot xizmati