O‘zMU talabasi Varshavada Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan xalqaro workshopda ishtirok etdi.

Turg‘unov Jonpo‘lat, Xorijiy filologiya fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Yaqinda u Polshaning Varshava shahrida OSCE (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) tomonidan tashkil etilgan “Human Rights-Based Civic Engagement and Alliance Building: Supporting Muslim Youth Participation at the Local Level” nomli xalqaro workshopda ishtirok etish uchun to‘liq grant asosida tanlab olindi.

25–27 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan workshop davomida inson huquqlari, fuqarolik faolligi, demokratiya, loyiha boshqaruvi va yoshlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha treninglarda qatnashdi.

Mazkur workshop Jonpo‘lat uchun xalqaro tajribasini oshirish, inson huquqlari hamda yoshlar ishtiroki yo‘nalishida yangi bilim va ko‘nikmalar olish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi. 🇺🇿🇵🇱