Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Axborot resurs markazi

Raximov Miraxmad Maxammadxasilovich – Markaz direktori

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

 +998 71 246-67-71

 

Markaz xaqida qisqacha ma`lumot

O`zbekiston Milliy universiteti o`z faoliyatini 1918 yil 12 maydan boshladi, universitet bilan bir vaqtda kutubxona ham shakillanib bordi. 1920-yillarda kutubxonaning kitob fondi 75 ming nashr birligini, 40-yillarda kutubxonaning fondi 500 ming nashr birligini, 60-yillarda 1 million nashr birligini, 80-yillarda 2,5 million nashr birligini tashkil qildi. 1920-yillarda kutubxonaning kitobxonlar soni 1 ming kishi, 40-yillarda kutubxonaning kitobxonlar soni 4 ming kishi, 60-yillarda 7 ming kishi, 80-yillarda 21 ming kishiga ortdi.                                                                  

1938 yilda Ilmiy kutubxona o`z fondi va miqyosi bo`yicha Butunittifoq Oliy maktablar ishlari komitetining buyrug`iga asosan, mamlakatdagi 30 ta yirik kutubxonalar qatoriga kiritilgan, 1969 yilda esa, Ilmiy kutubxona statusi berilgan. 1944 yilda Ilmiy kutubxona ikkinchi toifaga ko`chirildi, 1990 yilda Ilmiy kutubxona xodimlariga mehnat haqi to`lash bo`yicha birinchi toifaga ko`chirildi.

Ilmiy kutubxona 1976 yil 16 dekabrdan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyrug`iga asosan O`zbekiston OTMlari kutubxonalarining uslubiy markazi qilib tasdiqlandi. 2006 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-381 Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g`risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan kutubxona sohasidagi ish faoliyati axborot telekommunikatsiya texnologiyasini amalga oshirishga va an`anaviy shakldan zamonaviy ish shakliga o`tishga yo`naltirilgan.

Universitet axborot-resurs markazi o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi qonun va qarorlariga, ayni:

«Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 apreldagi O‘RQ-280-son Qonuni;

«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyuldagi O‘RQ-42-son Qonuni;

“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha komplеks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-son qarori.

“O’zbеkiston Rеspublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida” O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori va boshqa xujjatlarga amal qbladi.

Xozirgi vaqtda yagona kompleks, Axborot-resurs markazining hamma 3 funktsional bo`limlarini, electron axborot resurslari bo`lim, 12 ta fakultet Axborot-resurs markazi xizmat ko`rsatish bo`limlari, 700 o`rinli o`quv zallari o`z ichiga oladi. Axborot-resurs markazi universitet o`quv jarayoni, hamda ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etadi. Universitet axborot-resurs markazining asosiy vazifasi avvalo universitet professor-o`qituvchilarini va o`quv jarayonini o`quv, ilmiy va  badiiy,  axborot kutubxona resurslari bilan ta`minlashdir. Axborot-resurs markazi universitetning hamma kategoriyasidagi kitobxonlar uchun differentsial xizmat ko`rsatadi.

    Bugungi kunda Axborot- resurs markazining kitobxonlar soni – 21650.

    Yillik davomat soni - 350 ming dan ortiq.

    Yil davomida berilgan adabiyotlar soni - 740 ming dan ortiq.

Har yili Axborot-resurs markazi fondiga 10 ming nashr birligida adabiyotlar olinadi, vaqtli nashrlar 120 nomni tashkil qiladi. 80-90 % foizini Axborot-resurs markazi fondiga olingan yangi o`quv adabiyotlari va o`quv qo`llanmalari tashkil qiladi. Axborot-resurs markazi kitoblar olish uchun o`rta hisobda 200 million so`m, obuna uchun esa, 180 million so`mdan ortiq mablag` sarflaydi.  

            Axborot-resurs markazida 3 million dan ortiq nashr birligida - o`zbek, rus va chet tillarda yozilgan adabiyotlar mavjuddir. Axborot-resurs markazida universitet o`quv jarayoni va talabalarni o`quv qo`llanmalari va o`quv adabiyotlari bilan ta`minlash juda yahshi yo`lga qo`yilgan bo`lib, o`quv adabiyotlari - 1 million 200 ming nashr birligini, ilmiy adabiyotlar 650 ming,  badiiy adabiyot fondi - 250 mingdan ortiq  nashr birligini tashkil qiladi. Shuningdek,  davriy nashrlar fondi jurnal va gazetalardan iborat qiziqarli va boy.

Axborot-resurs markazi fondida XII-XX asrlarni o`z ichiga olgan tojik, fors, arab tillarda yozilgan 1465 nusxada nodir qo`lyozmalar va litografiyalar ham uzoq yillardan buyon saqlanmoqda. Fond o`z mazmuni bo`yicha juda xilma-xil O`rta Osiyo tarixi, geografiya, din, tibbiyot, so`fizm, falsafa fanlarining qanday rivojlanganligi haqida qiziqarli ma`lumotlar berilgan.

Axborot-resurs markazining  o`quv zallarida kitobxonlar uchun o`quv, ilmiy va badiy  adabiyotlarining elektron versiyalari (30 ming) tagacha yaratilgan, hamda Internet tarmog`i orqali  jahon axborot resurslari bazasi:   Jstor, Ebsco, Springer Nature, Proquest Dissertation and Theses Global bilan tanishish imkoniyatlari mavjud.                                                                                      

Axborot-resurs markazi ishchi xodimlar soni 42 kishini tashkil qiladi.