Bangladesh Elchixonasi

2024 yilning 17 yanvar sanasida Bangladeshning Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom  Oʻzbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Elchixona vakillarini Oʻzbekiston milliy universiteti rektori Madjidov Inomjon Urishevich  boshchiligidagi OʻzMU rahbariyati kutib olishdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, kadrlar almashinuvini hamda akademik mobillik dasturlarini koʻpaytirish, qolaversa ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishida hamkorlikni yoʻlga  qoʻyish, qoʻshma ilmiy labaratoriyalar tashkil etish kabi bir qator masalalar yuzasidan suxbat olib borildi.

Shu bilan birga elchi dunyodagi iqlim oʻzgarish haqida toʻxtalib oʻtdi va OʻzMU xodimlari bilan birgalikda iqlim oʻzgarishiga qarshi turli choralar ustida izlanish olib borish taklifini bildirdi.