Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Baxcheshexir universiteti

Turkiyaning Baxcheshexir (Bahcesehir University — BAU) universiteti professori OʻzMu da.

Oʻzbekiston Milliy  universitetida Turkiyaning Baxcheshexir (Bahcesehir University — BAU) universiteti professori, f.-m.f.d., Choriyor Ashuraliyev Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti  “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasida  oʻqituqchi sifatida 2023-yil noyabr oyidan boshlab  faoliyat olib bormoqda. 

2024 yilning 1-fevral sanasida 1-kurs Amaliy matematika magistratura mutaxassisligi talabalariga  Teskari masalalarni taqribiy yechish metodlari mavzusida maʼruza oʻqidi.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki  xorijlik professor-oʻqituvchilarni Oʻzbekiston Milliy universitetiga jalb qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va ularning natijasi oʻlaroq oʻtgan 2023-yilda eʼlon qilingan Osiyo universitetlari reytengida Oʻzbekiston Milliy universiteti mazkur koʻrsatgich boʻyicha 90-oʻrinni egalladi.


Turkiyaning Bahchesheher Universiteti Vakillari Bilan Uchrashuv

20-sentabr kuni Turkiyaning Bahchesheher universiteti rektori professor Shirin Karadeniz boshchiligidagi delegatsiya universitetga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori professor I.Madjidov boshchiligidagi tarkib kutib oldi.

Professor Shirin Karadeniz Bahchesheher universitetining barcha faoliyat turlari bo‘yicha ma'lumot berdi.