Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

BAYROG‘IM FAXRIM MENING

Bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir!

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Matematika hamda Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakultetiga qarashli  12-sonli Talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im faxrim mening” shiori ostida "Quvnoqlar va zukkolar" bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari R.Baxromov, M.Mamatqulov, Matematika Fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o‘rinbosari B.Mamasoliyev, 12-TTJ tarbiyachi-pedagogi A.Qoraqulov, 12 TTJ talabalar kengashi azolari, hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etdi. Bayram tadbirida ikki LIDERLAR va TALABALAR QVZ jamoalari 4 shart bo'yicha bahslashdi.

Yakunda  75:73 hisobiga ko'ra, LIDERLAR jamoasi g'olib bo'ldi. G'olib jamoa a'zolarini hamda eng faol deb topilgan talabalar fakultet rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

O'zMU Axborot xizmati