Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Belorus Davlat universiteti huzuridagi A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro Ekologiya instituti bilan o‘zaro hamkorlik dadil odimlamoqda

2021 yilning 21 sentabr kuni Belorus Davlat universiteti huzuridagi A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro Ekologiya institutining o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Igor Buchenkov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Mazkur uchrashuv davomida tomonlar universitetda hamkorlik ochilgan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida bo‘lib o‘tadigan imtihonlarni o‘tkazish, kelgusida istiqbolli yo‘nalishlarda ta’lim dasturlari ochish, biologiya fakultet tadqiqotchilarini malaka oshirishga jo‘natish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Shuningdek, o‘quv jarayoniga universitetning yetakchi professorlarini ma’ruza o‘qishga jalb etish, hamkorlikda ilmiy va o‘quv ishlanmalar yaratish masalalari bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

O‘zMU Axborot xizmati