Biologiya sohasida xalqaro aloqalar kengaymoqda

Joriy yilning 2 avgust kuni Daugavpil universiteti Biosistematika instituti (Latviya) delegatsiyalari - biologiya fanlari doktori Аleksandr Аniщenko va biologiya fanlari nomzodi Аleksey Shavrin Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Milliy universiteti va Daugavpil universiteti oʼrtasida 2020 yil avgustda hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Delegatsiyani OʼzMU Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori Raima Shirinova, Biologiya fakulьteti dekani Toxtasin Аbdraxmonov, Xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼlimi boshligʼi Аziza Turakulova kutib olishdi.
Uchrashuv davomida Biologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, dala ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish, qoʼngʼizlarni oʼrganish va namunalar olish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida 18 avgustь kuni Biologiya fakulьteti professor-oʼqituvchilari va doktorantlari uchun onlayn-seminar tashkil etilishiga kelishildi.

OʼzMU Аxborot xizmati