Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

BIR ASRNING IKKI DAHOSI

Joriy yilning 11-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida Alisher Navoiy tavalludining  581 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi munosabati bilan har buyuk shoir va davlat arboblarining hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet rahbariyati, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar, talaba-yoshlar hamda “Yoshlik” talabalar shaharchasi mas`ul xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i  Botir Mallabayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tasvirga olingan “Alisher Navoiyning ijodiy merosi” nomli hujjatli film premiyerasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Kinematografiyani rivojlantirish markazidan aktyor va rejissor Said Muxtorov so‘zga chiqib, O‘zbek kinosi olamida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. So‘ng O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti, O‘zbek filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sobira Jo‘raeva tadbir ishtirokchilariga ikkinchi rennesans davrida yashab ijod qilgan Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li va   ijodi haqida qiziqarli ma`lumotlar berdi. Tadbir yakunida univeristet talaba-yoshlari uchun ta`sis etilgan “Erkin Vohidov nomidagi maxsus stipendiya” sohiblari o`zlarining ijod na`munalarini tadbir ishtirokchilari havola etdi.

O‘zMU Axborot xizmati