Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Charles universiteti

Chexiya respublikasining Charles universitetidagi tashrif. Mazkur, oliygoh QS reytingida 248 va THE reytingida 401-500 oʻrinlarda turadi.Ayniqsa,  Charles universitetidagi talim barcha sohalarni qamrab olgan boʻlib 17 ta fakultet orasida Huquq, Fizika va matematika, Ijtimoiy fanlar kabi mutaxassisliklar ham mavjud.

Tashrifdan oldin mazkur universitet bilan bir necha marotaba onlayn uchrashuvlar tashkil etilib,ikki universitet oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishilgan edi.

Joriy yilning 17 fevral sanasida , Charles universiteti va Oʻzbekiston Milliy universiteti orasidagi hamkorlikni boshlash maqsadida shartnoma imzolandi va har ikki taraf talabalar, professor- oʻqituvchilar almashunivini yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi. Dastlabki qadam doktorantlar, mustaqil tadqiqotchi va yosh oʻqituvchilarning malaka oshirishi va talabalarning Yozgi maktabini tashkillashtirish ekanligi belgilab olindi.