Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Diqqat e’lon!

                       

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4805-sonli, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli hamda 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-sonli qarorlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida:
☑️????“Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan respublika fan olimpiadasi 2021/2022-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida 2022-yil 20-30-iyun kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi. Olimpiada ishtirokchilari olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni olimpiadani o‘tkazish sanasidan 2 kun oldin to‘xtatiladi. Olimpiadani o‘tkazish sanasi va vaqti bo‘yicha jadval asosida olimpiada.edu.uz portaliga ma’lumot joylanadi.