Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Fizikaviy kimyo kafedrasi

 

Kafedra mudiri - Akbarov Xamdam Ikromovich

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

 +998 90 176 80 49

 akbarov_kh@rambler.ru


Kafedra mudirlari: prof. Alekseev D.V. (1927-1930), prof. Kolosovskiy N.A. (1930-1936), prof. Usanovich M.I. (1936-1944), prof. Udovenko V.V. (1944-1952), akad. Usmonov H.U. (1953-1972), prof. Tillaev R.S. (1972-2005), prof. Akbarov X.I. (2005-2010), dos. Sagdullaev B.U. (2010-2012), Yunusov F.U. (2012-2013), prof. Xoliqov A.J. (2013-2014), dos. Muxtarov A.P. (2014-2015), dos. Sagdullaev B.U. (2015-2017), prof. Akbarov X.I. (2017 yildan hozirgi vaqtgacha).

Kafedrada “Kimyo” bakalavriat yo‘nalishiga “Fizikaviy kimyo”, “Kolloid kimyo”, “Kvant kimyosi va kvant mexanikasi”, “Modda tuzilishi” fanlaridan darslar olib borilsa, “Neft va gaz kimyosi”, “Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi” va “Mahsulotlarning kimyoviy tahlili” yo‘nalishlariga “Fizikaviy va kolloid kimyo” kabi umumiy kurslardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Magistraturaning “Fizikaviy kimyo” va “Kimyo” mutaxassisliklariga “Kimyoviy termodinamika”, “Statistik termodinamika”, “Nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi”, “Eritmalar termodinamikasi”, “Elektrokimyoviy jarayonlarning kinetikasi”, “Nanozarracha va nanokompozitsion materiallarning olinishi va xossalari”, “Sirt yuzasidagi hodisalar fizik-kimyosi” va qator tanlov fanlardan mashg‘ulotlor olib boriladi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan: Akad. Usmonov X.U. “Fizikaviy kimyo”, akad. Axmedov K.S. “Kolloid kimyo”, prof. Tillaev R.S. “Fizikaviy kimyodan misol va masalalar to‘plami”, prof. Akbarov H.I., dos. Sagdullaev B.U., prof. Tillaev R.S. lar hammuallifligida nashr qilingan “Fizikaviy kimyo” darsligi, prof. Akbarov H.I., dos. Sagdullaev B.U., prof. Xoliqov A.J. lar tomonidan tayyorlangan “Fizikaviy kimyo” darsligi 2 marta qayta nashr qilingan (2019, 2020) va Respublikadagi OTM larda asosiy darslik hisoblanadi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar nashr qilingan.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Fizikaviy kimyo Kimyoviy termodinamika, fazaviy muvozanatlar, eritmalar termodinamikasi, elektrokimyo, kimyoviy kinetika va kataliz, statistik termodinamika va nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi boblaridagi nazariyalar, qonun va qonuniyatlar bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantiruchi hamda laboratoriya mashg‘ulotlarida nazariy va tajribaviy bilimlarni mustaxkamlovchi fan.
2 Modda tuzilishi Mikrozarrachalardan tashkil topgan moddalarni turli xil tashqi maydonlar bilan ta’sirlashuvi natijasida makrosistemalarda ro‘y beradigan jarayonlar asosida ularning mexanizmi, kvant-mexanik sabablarini borasida bilimlarni shakllantiruvchi, moddalarga xos bo‘lgan turli fizik-kimyoviy xususiyatlar, ularning kelib chiqish sabablari o‘rganuvchi fan.
3 Kvant kimyosi va kvant mexanikasi Kimyoning nazariy qonunlarining ma’nosini yoritib beruvchi, shu qonunlarning qo‘llanish sohalarini o‘rgatuvchi va aniq kimyoviy masalalarni hal qilishda ushbu qonunlardan foylanishni amaliy imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi fan.
4 Kolloid kimyo Dispers fazalarning qanday paydo bo‘lganligi, ularning barqarorligi va boshqa xossalari bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘z tabiati va fizikaviy xolati bilan bir-biridan farq qiluvchi fazalararo sirt chegaralarida sodir bo‘ladigan mexanik va elektr xossalariga ega bo‘lgan sirtlarda geterogen strukturalarning rivojlanishini o‘rgatuvchi fan.
5 Fizikaviy va kolloid kimyo Fizikaviy va kolloid kimyoning asosiy tushunchalari bilan tanishtiruvchi va kimyoviy termodinamika, fazaviy muvozanatlar, eritmalar termodinamikasi, elektrokimyo, kimyoviy kinetika va kataliz, statistik termodinamika va nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi, dispers sistemalar, ularning xossalari boblaridagi nazariyalar, qonun va qonuniyatlar bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantiruvchi fan.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Azimov Lazizbek Azamat o‘g‘li Tayanch doktorant Aminlar bilan gazlarni tozalash jarayonida po‘latni korroziyadan ingibirlashning fizik–kimyoviy asoslari
2 Mamatov Jayhun Qutlimurot o‘g‘li Tayanch doktorant Nanostrukturali PAN-kremnezem gibrid kompozitlarining fizik-kimyoviy xossalari
3 Rajabov Yusufboy Nuraddin o‘g‘li Tayanch doktorant Oligomer aminobirikmalar va ikkilamchi xomashyolar asosidagi sistemalarning ingibirlash mexanizmini o‘rganish
4 Xojieva Gulmira Botirovna Tayanch doktorant Chiqindi suvidagi organik ifloslan-tiruvchilarning fotokatalitik parchalanishi uchun modifikatsiyalangan titan dioksid nanofotokalizatorlarining sintezi va fotokatalitik xossalari
5 Junsalieva Galiya Abduqayum qizi Tayanch doktorant Konyugirlangan polimerlarning biologik faol moddalar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi va fizik-kimyoviy xossalarini kvant-kimyoviy tadqiq etish
6 Sidrasulieva Gozzal Bekbergenovna Mustaqil tadqiqotchi S3Nx tarkibli nanozarra-chalarning fizik kimyoviy xossalari
7 Kalbaev Saparboy Mustaqil tadqiqotchi CdTe kvant nuqtalarining fizik-kimyoviy xossalarini tajribaviy va kvant-kimyoviy usullarda tadqiq qilish

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Belorus Respublikasining qator yetakchi OTM lari bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalar bajarilmoqda. M.V.Lomonosov nomidagi MDU (prof. O.A.Shpigun, prof. V.D.Krasikov, prof. Zubov V.P.); Tbilisi Davlat universiteti (prof.Grigoriy Tatishvili); Qozog‘iston Milliy universiteti (akad. Bekturov E.A., prof. Kudaybergenov S.E.); Sankt-Peterburg. NPO “Plastpolimer” (Budtov V.N.); Yaponiyaning Kioto universiteti (prof.Nakanisi K.); Ukrainaning Kiev Milliy universiteti (prof.Zaysev V.N.); Brayunshveg texnika universiteti (Pyer Stolzenburg), XXR Tiyanzin universiteti (prof.Ji Xiao Vang), AQSh Buffalo universiteti (prof. Mark Svixart) lar bilan hamkorlikda bir qancha loyihalar bajarilmoqda.


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifi Elektron pochta
1 Akbarov Hamdam Ikromovich h.akbarov@nuu.uz
2 Sagdullaev Baxtiyor Ubaydullaevich b.sagdullaev@nuu.uz
3 Kattaev Nuritdin To‘raevich a.kattaev@nuu.uz
4 Qodirov Abdusamig‘ Abduvosiqovich a.kadirov@nuu.uz
5 Yarkulov Ahror Yuldashevich a.yarkulov@nuu.uz
6 Eshmamatova Nodira Baxramovna n.eshmamatova@nuu.uz
7 Kolyadin Vladimir Grigorevich v.kalyadin@nuu.uz
8 Umarov Baxrom Smanovich b.umarov@nuu.uz
9 Baxromova Irodaxon Alisher qizi baxromova.irodaxon@gmail.com
10 Abduvohidov Davron Izzatilla o‘g‘li d.jon0225@gmail.com

6.Ilmiy laboratoriyalar

Ilmiy-tadqiqot ishlari quyida yoʻnalishlarda olib boriladi: “Polimer eritmalarining molekulyar va konformasion tavsiflari va termodinamik xossalari”, Zol- gel texnologiyasi yordamida olingan nanogibrid kompozision materiallarning fizik-kimyoviy xossalari”, “Elektrokimyoviy jarayonlarning kinetikasi va korroziya ingibitorlarining yangi avlodi”, “Nanomateriallar asosidagi fotokatalizatorlar” va “Kvant kimyoviy tadqiqotlar”. Kafedrada har yili 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etiladi. Oxirgi yillarda 6 ta patentlar olindi va 10 ga yaqin ishlanmalar amaliyotga joriy etildi (Shoʻrtan GKK, OTMK, NTMK, Navoiy elektrokimyo, Bekobod metallurgiya kombinati, Fargʻona NQIZ).

7.To‘garaklar

Kafedra qoshida “Fizikaviy kimyo” to‘garagi faoliyat yuritmoqda. To‘garakda fizikaviy kimyo fanidan murakkab mavzular, olimpiada masalalari o‘rgatiladi.