Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Forum doirasida O‘zbekiston Milliy universiteti va Oltoy Davlat universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Avval xabar berganimizdek, bugun M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida Ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim Forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ikki davlatning oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi ko‘zda tutilgan. Forumda O‘zbekiston Milliy universiteti va Oltoy Davlat universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, hamkorlikda ilmiy va o‘quv nashrlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zMU Axborot xizmati