Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Globallashuv davrida inson omili

      Bugun jurnalistika fakultetida tegishli tashkilot masullari va fakultetning professor -o‘qituvchilar ishtirokida  davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayonida yoshlarning bilim olishi, tarbiyasi, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida eьtibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Bugungi kunda asr vabosiga aylangan giyohvandlik va psixotrop moddalar isteьmol qilish, ularning savdosi bilan shug‘ullanish, turli radikal oqimlar, sektalarning taьsiriga tushib qolish yoshlarning kelajagini barbod qilishiga to‘xtalindi.

Biz bugun tarbiyalayotgan yoshlarga ertangi kunimizni, millat taqdiri, yurt kelajagini topshiramiz. Shunday ekan kelajak uchun biz bugun qayg‘urishimiz darkorligi xususida fikr mulohazalar bildirildi.

Taьlimdagi islohotlar, yechimini kutayotgan masalalarga ham to‘xtalindi. Yoshlarga hunar o‘rgatish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli to‘garaklar tashkil etish, ularni fikrlaydigan, maьrifatli, madaniyatli shaxs bo‘lib shakllanishiga masulligimiz va bu insoniy burchimiz ekanligi taьkidlandi. Bu yo‘lda ilm ahliga kitob, kitobxonlik maьrifat mashalasi bo‘lishi, uni yoquvchilar esa ustozlar ekanligi qayd etildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zMU rektori maslahatchisi Jalol Ro‘ziyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat tizimini boshqarish" bo‘limi boshlig‘i Shoxnazar Gʻulomov, O‘zMU Coworking markazi xodimi Maxmud To‘xtayev, O‘zMU profilaktika inspektori podpolkovnik Alisher Abdulxakov xamda leytenant Jannatbibi Xaydarovalar tizimli ravishda universitetning talaba-yoshlari,shuningdek,professor-o‘qituvchilari bilan davra suhbati, ochiq muloqot, press klub, tet-a-tet suhbatlar ko‘rinishida muloqotlarni olib borayapti.

O'zMU Axborot xizmati