Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«HECh KIM MEHR VA E’TIBORDAN CHETDA QOLMAYDI» NOMLI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI

O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar va Taekvondo va sport faoliyati fakultetlari, Istiqbol tadqiqot markazi hamkorligida 2021-yil 2-dekabr kuni "Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston Milliy universiteti prorektori, professor Ravshan Musurmonov ochib berdi. Tadbirda Istiqbol tadqiqot markazi rahbari U.Bo‘tayev, universitet Maʼnaviyat bo‘limi boshlig‘i B.Mallaboyev va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi R.Rustamova, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan muovini O.Musurmankulov, Taekvando va sport faoliyati fakulteti dekan muovini U.Karimov, “Akademik eshkak eshish” turi bo‘yicha Jahon chempioni, “Tokio-2020” Paraolimpiya o‘yinlari ishtirokchisi A.Abdulxabibov, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Falsafa va mantiq kafedrasi (PhD) dotsenti X.Toshyevning maʼruzasi tinglandi.
Tadbir yakunida Taekvondo va sport faoliyati va Ijtimoiy fanlar fakultetlari hamda Istiqbol tadqiqot markazi tomonidan fakultetlarda ko‘p yillar davomida mehnat qilib, talaba-yoshlarga o‘z bilimini, salohiyatini va ilmiy maslahatlarini berib kelayotgan ustozlarni ham yil davomida olib borgan namunali faoliyati uchun Tashakkurnoma va 70 nafar faol talabalarga Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Shundan so‘ng, Ijtimoiy fanlar fakultetining 4-bosqich talabasi Fazliddin Esanov tomonidan jonli ijroda kuy ijro etilib, tadbir ishtirokchilarini mamnun etdi.

O’zMU Axborot xizmati