Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ichki turizm salohiyatini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universitetida Tarix fakulteti tomonidan “Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uyg‘unligi asosida O‘zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. “Antropologiya va etnologiya” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu konferensiya ishida Xitoy, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardan tarixchi olimlar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 100 ga yaqin soha vakillari va yoshlarni qamrab olgan mazkur anjumanda nafaqat turizm, balki, antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, folklor va boshqa ko‘plab yo‘nalishdagi fan doktorlari, falsafa doktorlari, ilmiy tadqiqot ishini olib borayotgan yosh mutaxassislar va talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Konferensiyaning yalpi majlisida turizmni rivojlantirish bo‘yicha, etnomadaniyat masalalari, ziyoratgohlarning ahamiyati, geneologik turizm, tarixiy-etnografik turizm va uni yanada rivojlantirish imkoniyatlari, gastroturizm va zamonaviy texnologiyalarning roli xususidagi dolzarb muammolar atrofida baxs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. 

100 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar kelib tushgan ushbu konferensiyada “Turizmning shakllanishi, vujudga kelish va rivojlanishining tarixiy bosqichlari”, “Etnoturizmning ilmiy nazariy  muammolari va metodologiyasi”, “Turizmni rivojlantirish va jahon tajribasi”, “Turizm va antropologiya”, “Madaniy meros va barqaror rivojlanish”, “Turizmga oid ma’lumotlarni yig‘ishda manbalarning o‘rni”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari” yo‘nalishlarida sho‘balar faoliyat yuritdi.

O'zMU Axborot xizmati