Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ijtimoiy fanlar fakultetida bitiruv malakaviy ishlarining dastlabki muhokamasi bo’lib o’tdi

Ijtimoiy fanlar fakultetida falsafa, sotsiologiya, ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash), milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq hamda psixologiya ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi talabalari ishtirokida 2023/2024-o‘quv yili uchun belgilangan bitiruv malakaviy ishlarining dastlabki muhokamasi tashkil etildi.

Dastlabki himoyada talabalar tomonidan tayyorlangan bitiruv malakaviy ishlarining mazmun-mohiyati tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.