Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasi hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlikda “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va zamonaviy tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni o‘tkazishda xorijiy hamda respublika oliy ta’lim muassasalarinng soha vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyaga respublika va xorijiy oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar, doktorantlar, magistrlar hamda talabalar Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va ularinng yechimlari yuzasidan o‘z ilmiy maqolalarini taqdim etishdi.


Konferensiyaning yalpi majlisida xorijdan Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti dotsenti I.Avdeyeva, Rossiya Innopolis universiteti professori A.Karimov, Belorussiya davlat universiteti dotsenti V.Sokolchik, Qozog‘istonning Yevroosiyo Milliy universiteti professori R.Imanjusup va katta o‘qituvchi T.Mustafina, Janubiy Qozog‘iston universiteti Falsafa kafedrasi mudiri M.Spanov, dotsent M.Raximshikova, M.Tanatarova, Kirg‘izistondan Osh davlat universiteti professori T.Kudayberganovalarning ma’ruzalari tinglandi.


Konferensiyada so‘zga chiqqanlar, inson kamoloti, turmush tarzi, ma’naviy hayoti, dunyoqarashning o‘zgarishi bilan bog‘liq omillarning nazariy, amaliy jihatdan tadqiq etish, milliy va umumbashariy qadriyatlarning falsafiy mohiyatini tahlil qilishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli, falsafiy tafakkurning ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdilar.
Konferensiya o‘z ishini:

  • Inson kamolotida ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati.
  • Madaniy taraqqiyotning ilmiy asoslari.
  • Virtual olamda axloqiy va estetik ko‘rinishdagi global tahdidlar kabi muammolar yechimiga qaratilgan sho‘balarda davom ettirdi.

O'zMU Axborot xizmati