Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Nurmuxamedova Nargiza Saydillaevna-Bo‘lim boshlig'i

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00

 +998 71 246-74-35

 n.nurmuhamedova@nuu.uz

Bo`lim xaqida qisqacha ma`lumot

Hozirgi kunda universitetda asosiy shtatda 1029 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, ulardan 394 nafari fan nomzodi (PhD), 207 nafari fan doktorlaridir. Ilmiy salohiyat 58,4% ni ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarning o‘rta yoshi 46 yoshni tashkil qiladi. 2017 yilga nisbatan 2021 yilda ilmiy salohiyat 5.3% ga oshishiga hamda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar yoshini yoshartirishga erishildi. Bugungi kunda universitetda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar soni 13 tani tashkil qilmoqda. 2017-2021 yillarda 299 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar (shundan  68 nafari fan doktori (DSc), 231 nafari fan nomzodi (PhD)).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmoniga ko‘ra kimyo fani bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati O‘zbekiston milliy universitetiga, biologiya fani bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish vakolati esa O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo institutiga taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son qaroriga O‘zbekiston Milliy universitetiga fizika fani bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini berish vakolati O‘zbekiston milliy universitetiga taqdim etildi.

Universitet oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida 97 ta ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi:

Ixtisoslik shifri va nomiPhDDSc 
01.01.01-Matematik analiz+ 
01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika++
01.01.03-Hisoblash matematikasi va diskret matematika++
01.01.04-Geometriya va topologiya++
01.01.05-Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika++
01.01.06-Algebra++
01.02.04- Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi+ 
01.02.01-Nazariy mexanika++
01.03.01-Astronomiya++
01.04.02-Nazariy fizika++
01.04.04-Fizika elektronika++
01.04.05-Optika++
01.04.07-Kondensirlangan holat fizikasi+ 
01.04.08-Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika++
01.04.10-YArimo‘tkazgichlar fizikasi+ 
01.04.11-Lazer fizikasi++
01.04.06-Polimerlar fizikasi++
02.00.01-Noorganik kimyo+ 
02.00.02-Analitik kimyo++
02.00.03-Organik kimyo+ 
02.00.04-Fizik kimyo++
02.00.06-YUqori molekulyar birikmalar+ 
02.00.08-Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi+ 
02.00.09-Tovarlar kimyosi+ 
02.00.10-Bioorganik kimyo+ 
02.00.14-Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi+ 
03.00.01-Biokimyo+ 
03.00.02-Biofizika va radiobiologiya+ 
03.00.04-Mikrobiologiya va virusologiya+ 
03.00.05-Botanika+ 
03.00.06-Zoologiya+ 
03.00.07-O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyo+ 
03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi+ 
03.00.09-Umumiy genetika++
03.00.10-Ekologiya++
03.00.12-Biotexnologiya++
03.00.13-Tuproqshunoslik+ 
04.00.01-Umumiy va mintaqaviy geologiya+ 
04.00.02-Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo+ 
04.00.03- Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya+ 
04.00.04- Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi+ 
04.00.05-Paleontologiya va stratigrafiya+ 
04.00.06-Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari+ 
04.00.07-Neftva gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvetka qilish+ 
05.01.03-Informatikaning nazariy asoslari+ 
05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmualari va kompьyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti+ 
05.01.05-Axborotlarni himoyalashning usullari va tizimlari. Axborot havfsizligi++
05.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui++
06.01.03- Agrotuproqshunoslik va agrofizika+ 
06.01.04-Agrokimyo+ 
06.01.09-O‘simliklarni himoya qilish++
07.00.01-O‘zbekiston tarixi++
07.00.03-Jahon tarixi++
07.00.06-Arxeologiya+ 
07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya+ 
07.00.08-Tarixshunoslik manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari++
08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi++
08.00.02-Makroiqtisodiyot+ 
08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti+ 
08.00.05-Xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti+ 
08.00.06-Ekonometrika va statistika++
08.00.10-Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti+ 
08.00.12-Mintaqaviy iqtisodiyot++
08.00.13-Menejment+ 
09.00.01-Ontologiya, gnoseologiya va mantiq++
09.00.02-Ong, madaniyati va amaliyot shakllari falsafasi+ 
09.00.03-Falsafasa tarixi+ 
09.00.04-Ijtimoiy falsafa++
10.00.01-O‘zbek tili+ 
10.00.02-O‘zbek adabiyoti++
10.00.04-Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlarining tili va adabiyoti++
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik+ 
10.00.07-Adabiyot nazariyasi++
10.00.08-Folьklorshunoslik++
10.00.09-Jurnalistika++
10.00.10-Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik++
10.00.11-Til nazariyasi. Amaliy va kompьyuter lingvistikasi+ 
11.00.01-Tabiiy geografiya+ 
11.00.02-Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya+ 
11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo+ 
11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish+ 
11.00.06-Geodeziya. Kartografiya+ 
11.00.07-Geoinformatika++
13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi++
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodologiyasi (sohalar buyicha)++
13.00.07-Ta’limda menejment++
19.00.01-Psixologiya tarixi va nazariyasi, umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi+ 
19.00.03-Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi+ 
19.00.04-Tibbiyot psixologiyasi+ 
19.00.05-Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya++
19.00.06-YOsh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish Psixologiyasi++
22.00.01-Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar usullari++
22.00.02-Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi++
22.00.03-Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi++
23.00.01-Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy fanlar tarixi va metodologiyasi+ 
23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar++
23.00.03-Siyosiy madaniyat va mafkura+ 

Hozirgi kunda universitetda 342 nafar tayanch doktorant va 13 nafar doktorant tahsil olmoqda. 2021 yil uchun 62 ta ixtisoslik bo‘yicha 101 nafar tayanch doktorantura va 4 ta ixtisoslik bo‘yicha 4 nafar doktoranturaga qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-son Qarorda Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini o‘qish muddati tamom bo‘lishidan oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga muassasa rahbarining buyrug‘i bilan o‘qish muddatining qolgan davri (muddati) uchun nazarda tutilgan tegishlicha stipendiyaning hamda doktorant bilan olib borilgan ish uchun to‘lovning jami miqdori hajmida tegishli diplom taqdim etilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 20 kun muddatda mukofot to‘lanishi belgilangan. Ushbu Qaror ijrosi bo‘yicha 2021 yilda 8 nafar tayanch doktorant va 1 nafar doktorantga mukofot pullari to‘lab berildi. 2017 yil bitiruvchilarining 60 %i, 2018 yil bitiruvchilarini 63 %i, 2019 yil bitiruvchilarining 69 %i hamda 2020 yil bitiruvchilarining 52 %i hozirgi kunga qadar himoya qilganlar. 2021 yilda 2017 yilga nisbatan tayanch doktorant va doktorantlarning muddatida himoya qilish ko‘rsatkichi 7 % oshgan.