Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 

500 nafarga yaqin talabalar ishtirok etgan mazkur uchrashuvda mas’ullar tomonidan mavzu doirasida, ya’ni bugungi globallashuv davrida, kommunikatsiya vositalari taraqqiy etgan vaqtda ogohlikka ustuvor masala sifatida qarash, vatanparvarlikni yuksaltirish borasida so‘z yuritildi. 

Jumladan, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi boshlig‘i, professor Shavkatbek Mamadaliyev,  O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi "Tezkor qidiruv" kafedrasi katta o'qituvchisi Odilbek O'rinov hamda Olmazor tumani IIO FM kadrlar bo'limi boshlig‘i Hayotjon Xolmatov talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik hamda radikallashuvning oldini olish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolmaslik, sog‘lom turmush tarziga amal qilish borasida zarur tushuncha va ko‘nikmalar berildi.