Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

KITOB — TAFAKKUR XAZINASI

Yoshlarni kitob o`qishga bo`lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do`st bo`lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Shavkat Mirziyoyev

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risida” gi farmoyishida belgilab berilgan vazifalar o`zining dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ibot qilish maqsadida Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti dekani X.M.Bakiyev,fakultet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma‘rifiy ishlari bo'yicha dekan o‘rinbosari X.Sh.Ergashev boshchiligida fakultetdagi tyutorlar bilan birgalikda yoshlarni kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan kitob yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Kitob yarmarkasi Shahrizada Feruzjanovna MCHJ bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ushbu loyihani keng jabhada targ`ib etishdan ko`zlangan maqsad talaba-yoshlarimiz orasida kitobxonlik saviyasini yanada kuchaytirish, kitobdan yaxshi do`st bo`lmasligi, kitob mutolaa qilgan insonning dunyoqarashi keng bo`lishini talabalarga to`laqonli anglatishdan iboratdir. Iqtidorli talabalarga fakultet rahbariyati tomonidan kitoblar sovg`a etish asnosida talaba-yoshlar bunday kitob yarmarkalarini fakultetda ko`proq tashkil etish, milliy adabiyotimiz durdona asarlari qatorida jahon tillarida chop etilgan adabiyotlardan ham muntazam keltirish takliflarini berdilar.

O`zMU Axborot xizmati