Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Malayziya va O‘zbekiston: oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari

2023-yil 10-mart kuni “Malayziya va O‘zbekiston: oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi xalqaro tadbir o’z ishini boshladi.

Mazkur xalqaro tadbirda Malayziya Oliy Ta’lim vazirligi, Malayziya malaka agentligi, Malayziya Ta’limi Global Xizmatlari, Oliy ta’lim rahbariyati akademiyasi, Malayziya Utara universiteti, Malayziya Sains Islam Universiteti, Sultan Zainal Abidin universiteti, Mara texnologiya univrsiteti, Pendidikan Sultan Idris universiteti, Malayziya Sains Universiteti, AIMST Universiteti, Malayziya Segi Universiteti va kolleji, Osiyo Tinch okeani Texnologiya va innovatsiyalar universiteti, Malayziya Putra universiteti, UCSI Universiteti vakillari hamda O’zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan vakillar ishtirok  etdi.

Tadbirni O’zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova kirish so’zi bilan ochib berib, Malayziya va O‘zbekiston hamkorlik aloqalari, jumladan, O’zMU hamda Malayziyaning yetakchi OTMlari bilan hamkorligi to’g’risida to’xtalib o’tdi. Education Malaysia global services agentligi direktori Mr Novie Bin Tajuddin ham kirish so’zi bilan ikki davlatning oliy ta’lim aloqalari haqida ma’lumot berdi.