Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Mehnat muhofazasi haftaligi” doirasida o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 1-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Mehnat muhofazasi haftaligi” doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi. 

Unda universitet professor-o‘qituvchilari, dekanat xodimlari, boshlang‘ich kasaba uyushma raislari, laboratoriya mudirlari, laborantlar, tyutorlar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirok etdilar. 

Mazkur seminar “Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar oldini olish va kasb kasalliklari profilaktikasi yuzasidan” Manzilli dasturning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi ma’sul xodimi R.Maxamadaliyev va Ekologiya fakulteti “Ekologik monitoring” kafedrasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi dotsenti v.b. R.Oxunovlar ma’ruza qildilar. 

Ma’ruzachilar “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ish joylarida mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdilar. O‘quv seminari ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga sohaning mas’ullari tomonidan tushuntirishlar va javoblar berildi.