Michigan Davlat Universiteti

Michigan Davlat Universiteti Professori Bilan Uchrashuv

2022 yil may oyida Michigan davlat universiteti professori Daniel Burk O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida suhbat olib borildi. Shu bilan birga Michigan davlat universiteti hamda ISCT (Xalqaro fan va texnologiya markazi) ning qo’shma loyihasi doirasida O‘zMUning Chotqoldagi dala o‘quv-mashg‘uloti hududida o‘quv seysmik stansiyasini joylashtirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida professor Daniel Burk IRIS seysmologiya tadqiqotlati instituti prezidentining O‘zMUni IRIS consortsiumga a’zo bo’lishi xususidagi taklif xatini topshirdi.

Ma’lumot uchun: IRIS konsortsium AQShning 150 dan ziyoda ilmiy tekshirish institutlarini birlashtirgan bo’lib, seysmologiya sohasidagi yirik birlashmalardan hisoblanadi.


O`ZMU GEOLOGIYA VA GEOINFORMATSION TIZIMLAR FAKULTETIGA AQSHNING MICHIGAN SHTAT UNIVERSITETI DOTSENTI TASHRIF BUYURDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetida universitet talabalari hamda proffesor-ustozlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur tadbirda AQShning yetakchi o‘quv va ilmiy markazlardan biri Michigan shtat universiteti “Geologiya va atrof-muhit fanlari bo‘limida seysmologiya” kafedrasi dotsenti Kevin Makki universitet talaba-yoshlari hamda proffesor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maʼlumot o‘rnida, Kevin Makki 2000-yil yanvaridan beri Michigan shtat universiteti «Geologiya va atrof-muhit fanlari bo‘limida seysmologiya» kafedrasi dotsenti bo‘lib ishlaydi. Uning tadqiqotlari yer qobig‘ining tuzilishi, Sharqiy Rossiya va G‘arbiy Alyaskaning seysmologiyasi va tektonikasiga, Michigandagi mahalliy zilzilalar tahliliga qaratilgan. O‘z tadqiqotida u Feyrbanksdagi Alyaska universiteti Geofizika instituti, Yakutsk geologiya fanlari instituti (Yakutsk, Rossiya) va Shimoli-sharqiy fanlararo ilmiy-tadqiqot institutining seysmik tarmoqlari (Magadan, Rossiya) bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, u Michigan shtat universitetida (LNSM stantsiyasi) seysmik stantsiyani boshqaradi.

Uchrashuv yakunida fevral-mart oylarida bo‘lib o‘tgan onlayn seminar-trening ishtirokchilari maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.