Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Milliy reyting bo’yicha ko’rsatgichlarning fakultetlardagi muhokamasi davom etmoqda

O’zbekiston Milliy universitetida Jurnalistika va Xorijiy filologiya fakultetlari 2021-yil Milliy reyting talablari bo‘yicha ko‘rsatgichlar muhokamasi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda Uslubiy taminlash va talim sifatini nazorat qilish bo'yicha prorektor Ravshan Musurmanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Xikmat Saburov, Ta`lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Shuhrat Lakayev, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.
Yig’ilishda 2021-yil Milliy reyting bo‘yicha fakultetlarning ko‘rsatgichlari bo’yicha mavjud holat monitoring qilindi. Shuningdek, fakultetlar faoliyatining samaradorligini oshirish bo’yicha lozim bo’lgan vazifalar belgilab olindi. Jumladan, talabalar bilimi va ta’lim sifati, dunyoning nufuzli OTM larida o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish, hisob yilida ilmiy daraja va unvonlar olish, xalqaro hamda respublika jurnallarida ilmiy maqolalar chop etish, darsliklar, o’quv qo’llanmalar nashr etish, xorijiy OTM professor-o’qituvchilarini O’zMU dars jarayonlariga taklif etish masalalari muhokama qilindi.

O’zMU Axborot xizmati