Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Milliy reyting bo’yicha ko’rsatgichlarning fakultetlardagi muhokamasi

2021 yilning 18-noyabr kuni O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar va Tarix fakultetlarining 2021-yil Milliy reyting talablari bo'yicha ko'rsatgichlar muhokamasi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Uslubiy ta'minlash va ta'lim sifatini nazorat qilish bo'yicha prorektor Ravshan Musurmanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Xikmat Saburov, Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Shuhrat Lakayev, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda 2021-yil Milliy reyting bo'yicha fakultetlarning ko'rsatgichlari bo'yicha mavjud holat va ularning ko’rsatgichlarini oshirish bo'yicha lozim bo'lgan chora-tadbirlar hamda vazifalar belgilab olindi. Jumladan, talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati, dunyoning nufuzli OTM larida o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish, hisob yilida ilmiy daraja va unvonlar olish, xalqaro hamda respublika jurnallarida ilmiy maqolalar chop etish, darsliklar, o'quv qo'llanmalar nashr etish, xorijiy OTM professor-o'qituvchilarini O'zMU dars jarayonlariga taklif etish masalalari muhokama qilindi.

O’zMU Axborot xizmati