Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

MINI FUTBOL BO`YICHA 1-TUR O`YINLARI O`TKAZILDI

O`zbekiston Milliy universiteti rektorining 2022-yil 24-yanvardagi "Mini futbol bo`yicha professor-o`qituvchilar va ishchi xodimlar o`rtasida Universitet chempionatini o`tkazish to`g`risida"gi 01-23 sonli buyrug`i ijrosi yuzasidan universitet Kasaba uyushmasi qo`mitasi va universitet Sport klubi hamkorligida professor-o`qituvchilar va ishchi-xodimlar o`rtasida mini futbol musobaqasiga start berildi. Mazkur sport musobaqasi universitet sport majmuasida muntazam ravishda haftaning shanba kuni o`tkazilib boriladi va unda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi.   
Musobaqaning dastlabki o`yinlari 29-30 yanvar kunlari universitet sport majmuasida bo`lib o`tdi. 1-tur yakunlari bo`yicha natijalar va jamoalarning o`rinlari bilan quyidagi jadval orqali tanishishingiz mumkin:

O`zMU Axborot xizmati