Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Mons Universiteti

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti ko‘plab Yevropa universitetlari bilan hamkorlik olib boradi va universitetlar o‘rtasida o‘zaro rasmiy memorandumlar imzolangan bo‘lib, Belgiyaning Mons universiteti ham shular jumlasidandir. Ikki universitet o‘rtasida memorandum 2022-yilda imzolangan bo‘lib hozirgi kunga qadar hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

    Jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Raima Shirinova hamda Strategik rivojlantirish va xalqaro reyting boʻlimi boshligʻi Gulasal Rofiyevalar Belgiyaning Mons universiteti bilan  onlayn uchrashuv oʻtkazdilar. 

    Mazkur uchrashuvda ingliz tilida tahsil olayotgan talabalarni  Belgiyaning Mons universitetiga 2023-2024 oʻquv yilining qishki semesteriga yuborishni muhokama qilishdi.

    Shu bilan  birga uchrashuv davomida Milliy universitet talabalariga Mons universitetida qanday imkoniyatlar yaratiishi, taʼlim tizimi va fanlarning transkript qilinishi kabi bir qator masalalar borasida fikr almashdilar.

    Onlayn uchrashuv soʻngida dekabr oyining  oʻninchi sanasiga qadar Belgiyaning Mons universitetiga borish istagida boʻlgan talabalarning kerakli hujjatlarini rasmiylashtirishga kelishib olindi.


Belgiyalik talaba OʻzMUda.

Maʼlumki, OʻzMU va Belgiyaning Mons universiteti oʻrtasida 2022-yilda akademik mobillik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

Mazkur mobillik doirasida shu kunga qadar 6 nafar belgiyalik talabalar Xorijiy filologiya fakultetiga  tahsil olib ketishdi.

 2024-yil uchun navbatdagi akademik almashinuv doirasida ikkinchi semestrni rus filologiyasi yoʻnalishida davom ettirish maqsadida Mons universitetining tarjima yoʻnalishi talabasi Mayol Shabar joriy yilning, 1-fevral kuni OʻzMUga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kuni xorijlik talabaga universitet ichki tartib qoidalari tushuntirildi va shart-sharoitlar tanishtirildi. Mayol Shabar 6 oy davomida OʻzMUda akademik mobillik dasturi doirasida oʻqishini davom ettiradi