Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Noorganik kimyo kafedrasi

Raxmonova Dilnoza Salamovna-Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 97 720 58 62

 d.rahmonova@nuu.uz


Kafedraning tashkil etilgan yili: 1932 yil

Kafedra tarixi. M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU kimyo fakultetining nooranik kimyo kafedrasi 1932 yilda tashkil etilgan. Kafedraga prof. B.G.Zaprometov rahbarlik qilgan.

1937-1949 yillar davomida kafedraga prof. Ye.I.Pozner rahbarlik qilgan. Shu vaqt mobaynida kafedra ikki yo‘nalishda ilmiy ish olib borgan:

1) Anorganik analiz usullarini ishlab chiqish va suv-tuz sistemasi xossalarining tarkibga bog‘liqligini ko‘rsatish. (rahbar Ye.I.Pozner);

2) Platina gruppachasi elementlari kompleks birikmalarining kimyosi (rahbar A.Sh.Shamsiev). 1949-1958 yillar mobaynida kafedraga dotsent A.Sh.Shamsiev rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedrada koordinatsion birikmalar kimyosi ustida ilmiy ishlar olib borildi.

1958-1989 yillar davomida kafedraga prof X.R.Raximov rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedra suv-tuz sistemasining fizik-kimyoviy analizi va oraliq metallarning tarkibida azot va kislorod elementlari tutgan ligandlar bilan kompleks birikmalarni o‘rganish ustida ilmiy ish olib borildi.

1989-2010 yillar davomida kafedraga akademik N.A.Parpiev boshchilik qilgan. Bu vaqt mobaynida kafedra “Oraliq metallarni biologik aktiv ko‘p funksiyali geterosiklik ligandlar bilan koordinatsion birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy tadqiqoti” mavzusi bo‘yicha ilmiy-ishlar olib borilmoqda.

Turkiston o‘lkasida ko‘p miqdorda mineral xom ashyo zaxiralari mavjudligini xisobga olib, kafedraning ilk bor ilmiy tekshirish ishlari maxalliy mineral ashyolarni kimyoviy tarkibi, fizik kimyoviy xossalarining taxlili va ularni qayta ishlash usullarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Bu soxada o‘quv jarayonini ilmiy tekshirish ishlari bilan birgalikda rivojlantirishga prof. V.I. Dulova, prof. Ishanxodjaeva M.M., dotsentlar N.I Timoxina, X.R. Raximov, K.A.Asomov, M. Fayziev, A.G.Muftaxov, assisentlar Musaeva S.B., Tursunov S., Yulchibaev A.A., Xodjaev O.F., Xamidov X.A., Reshetnikova R.V., Kadirova Sh.A. va boshqalar katta xissa qo‘shganlar.

2010-2018 yillarda kafedraga k.f.d., prof. Kadirova Sh.A. rahbarlik qilgan.

2019 yildan hozirgi vaqtgacha k.f.n., dos. Raxmonova D.S. kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Kafedra tashkil topgandan buyon 17 ta doktorlik, 43 ta nomzodlik hamda 4 ta PhD dissertatsiyalari himoya qilingan.

Hozirda noorganik kimyo kafedrasida doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari tayyorlash va himoya qilish ustida, 5 ta tayanch doktorant (Pirimova M.A., Gapurova L.N., Pardaev O.T., Umrzoqova O., Ro‘zieva B.), 1 ta DSc va 2 ta PhD mustaqil izlanuvchi (Raxmonova D.S., Esberganova B., Gazieva A.S.) va 35 ta magistrantlar ilmiy ish olib bormoqdalar.

Kafedra prof.-o‘qituvchilari tomonidan 40 ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.

Kafedrada har yili 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etiladi. Kafedra tashkil topgandan buyon 30 ga yaqin ixtiro uchun patent va mualliflik guvohnomalari olingan. 2 ta elektron o‘quv qo‘llanmalar uchun intellektual mulk agentligidan guvohnomalar olingan. Ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan natijalar o‘quv jarayoniga tadbiq qilinib kelinmoqda.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda.

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
         60530100 - Kimyo (turlari bo‘yicha) yo‘nalishi (bakalavriatura)
1Noorganik kimyotalabalarga kimyoviy elementlar va ular birikmalarining xossalari haqida, D.I.Mendeleevning davriy qonuniga asoslangan holda, modda tuzilishini va boshqa nazariy kimyoning asosiy tushunchalarini hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalanib, chuqur bilim berish va talabalarda mantiqiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
2Kimyo tarixitalabalarga kimyoni faqat bugungi kundagi o‘rnini tasavvur qilish bilan chegaralanmasdan u yoki bu yutuqlarga tasodifiy ravishda emas, chuqur izlanishlar, ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida qilingan urinishlar, yaratilgan noto‘g‘ri va to‘g‘ri gipotezalarning o‘rin almashuvi tufayli erishilganligini tarixiy ma’lumotlarga tayangan holda ilmiy asoslarini o‘rgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
3Kompleks birikmalar kimyositalabalarga kompleks birikmalarning nomenklaturasi, izomeriyasi, turlari, fizik-kimyoviy xossalari, kimyoviy bog‘lanish tabiati, kislota-asos xossalari, qo‘llanilish sohalari va ularning tarkibi, tuzilishi, xossalariga doir chuqur bilim berish hamda nazariy bilimlarni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
4Kristallokimyotalabalarga kristallar simmetriyasi, kristall panjara turlari, kristallardagi kimyoviy bog‘lanish tabiati, kristallarning fizik xossalari, izomorfizm va polimorfizm xususiyatlari haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish
70530101-Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) mutaxassisligi (magistratura)
1Kimyoning zamonaviy muammolarimagistrantlarga zamonaviy kimyo rivojlanishning umumiy tendensiyalari, zamonaviy noorganik, analitik, organik, fizik va polimerlar kimyosining asosiy xususiyatlari va vazifalari, yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish, kelajak kimyoviy materiallarini yaratishga doir chuqur bilim berishdan iborat.
2Bionoorganik kimyoning dolzarb muammolarimagistrantlarga biometallarning (hayot metallarini) bioligandlar bilan ta’sirlashishi, biometallarning D.I.Mendelevning davriy sistemasida joylashgan o‘rni, biokomplekslarda kimyoviy bog‘ tabiati, biokomplekslarning tuzilishini, s-, p-, d- va f-elementlarga ajratilgan elementlarning biologik rolini o‘rganishga doir chuqur bilim berishdan iborat.
3Nodir metallar kimyosi va texnologiyasimagistrantlarga nodir elementlar va ularning birikmalarini miqdoriy va sifat tavsiflari, texnologik jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslash, nodir metallar saqlovchi mineral va ikkilamchi xom ashyoni qayta ishlashning samarali tizimlari, ishlab chiqarishning istiqbolli usullari, bir-biriga xususiyatlari yaqin nodir elementlarni ajratish va tozalash usullariga doir chuqur bilim berishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh.Ilmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Raxmonova Dilnoza Salamovnak.f.n., dos.Benzimidazol hosilalarining d-metallar bilan gomo- va geteroligandli, aralash metalli komplekslarining  yo‘naltirilgan funksionalizatsiyasi va strukturaviy dizayn jarayonlarining qonuniyatlari

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

“Navoiazot” AJ, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ va O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hamkorlik o‘rnatilgan.


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Raxmonova Dilnoza Salamovnad.rakhmonova81@mail.ru
2Daminova Shaxlo Sharipovnadaminova_sh@mail.ru  
3Nuralieva Go‘zal Abduhamidovnanuralievaguzal@mail.ru
4Razzoqova Surayyo Razzoqovnarazzokova89@mail.ru
5Torambetov Batirboy Smetovichtorambetov_b@mail.ru
6Alieva Guloy Kamilovnaalieva.guloy@mail.ru
7Xayrullaev G‘iyosiddin Ulug‘bek o‘g‘likhayrullaev93@mail.ru
8Kinshakova Yekaterina Vyacheslovnaanhor@inbox.ru